© RIA Novosti / Vladimir Astapkovich
«Sud Atamboyevni aybdor deb topdi va 11 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi. Uning davlat mukofotlari va mol-mulki musodara qilinadi», deya ayblovni o‘qib eshittirgan Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi.
Prokuror sobiq prezidentga 15 yillik qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilishni so‘ragandi.
Atamboyev sudda oxirgi so‘zni aytishdan bosh tortgan. U bilan birga ayblanayotganlardan hech biri aybini bo‘yniga olmagan.
Millati chechen bo‘lgan «kriminal avtoritet» Aziz Batukayev 2004 yil qamalgandi. U uzoq yillik qamoq jazosini o‘tayotgan vaqtda 2013 yil ozodlikka chiqariladi. Rasmiy ma’lumotlarda uning salomatligidagi muammo sabab ozod qilingani aytiladi. 2013 yilning o‘zida Qirg‘izistonda bu ish bo‘yicha surishtiruv boshlangan va asosiy aybdor sifatida ombudsman rahbari Tursunbek Akun aytilgandi. Ammo surishtiruv ishlari to‘xtatib qo‘yilgan.
2019 yil prezident Sooronbay Jeenbekov topshirig‘i bilan surishtiruv ishlari tiklanib ish doirasida sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va sobiq bosh prokuror qo‘lga olingandi.
O‘tgan yilning 8 avgustida Atamboyev Qo‘y-Toshdagi uyida Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan operatsiya doirasida qo‘lga olingandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin