
Foto: Vogue
Amerikalik aktrisa, rejissyor, prodyuser va model Anjelina Joli Gollivud aktyori Bred Pitt bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Joli o‘z qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Uning aytishicha, sobiq eri bilan oila tinchligi uchun ajrashgan.
«Oilamning farovonligi uchun ajrashishga qaror qildim. Men farzandlarim tarbiyasiga e’tibor berishda davom etmoqdaman. Ayrimlar ushbu mavzuda gapirganimdan foydalanib, turli yolg‘onlarni to‘qib chiqarmoqda. Farzandlarim OAVda o‘zlari haqida ko‘p yolg‘on ma’lumotlarni ko‘rdi. Men ularga har doim hayotda eng muhimi ular o‘zlari haqidagi haqiqatni bilishi va mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini eslatib turaman», — deydi 45 yoshli Anjelina Joli.
Juftlik uch nafar o‘z va uch nafar asrab olingan farzandlari borligiga qaramay ajrashdi.
Ular 2016 yilda 12 yil birga yashaganidan so‘ng ajrashgan edi. Ayrim OAVlarda aktyor katta o‘g‘li Meddoks bilan yomon munosabatda bo‘lgani hamda unga qo‘l ko‘targani haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Anjelina JoliBred PittAjrashish SababiOila TinchligiFarzandlar TarbiyasiGollivud Aktyori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar