Foto: EPA-EFE/Doug Mills
Eron sud hokimiyati Interpoldan Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSH prezidenti Donald Trampni xalqaro qidiruvga berishni talab qilmoqda. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
"Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan va bu masala bilan shug‘ullangan 36 kishi aniqlandi. Ular orasida AQSH va boshqa davlatlarning siyosiy va harbiy arboblari bor", - deya Tehron prokurori Ali Mehrdan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud organlari ularni javobgarlikka tortish hamda Interpol orqali qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Ali Mehrning qo‘shimcha qilishicha, bu shaxslar "qotillik" va "terrorizm"da ayblanmoqda, "Ro‘yxat boshida AQSH prezidenti Donald Tramp turibdi".
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSH harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"