Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasidan «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi bilan shifoxonaga o‘tkazildi, deya xabar berdi «RIA Novosti» davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, 29 iyun kuni Atambayev ahvoli yomonlashganidan shikoyat qilgan. Shu sababli undan COVID-19 ga PSR-tahlili olingan. Biroq test natijalari manfiy chiqqan.
«Shu kuni shifokorlar onlayn-konsilium o‘tkazishgach, «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yildi. Shifokorlarning konsiliumi bilan Atambayevni statsionar davolash uchun shifoxonaga o‘tkazishga qaror qilindi», — dedi matbuot xizmati vakili.
Ma’lumki, sobiq prezident Almazbek Atambayev korrupsiyada aybdor deb topilgan va 11 yilu 2 oylik qamoq jazosiga hukm etilib uning mol-mulki musodara qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi