Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada yaqin qarindoshlari bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirish niyatida.
Bu haqda “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida vazirlik rahbarining o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ushbu toifadagi odamlar uchun ko‘p marotabalik shaxsiy vizalarni olish imkoniyatini ta’minlaydigan qonun faol ishlab chiqilmoqda.
Ular o‘z arizalarida Rossiya fuqarolari bo‘lgan yaqin qarindoshlarini ko‘rsatib o‘tishi kerak bo‘ladi. Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayon “RF IIBning hududiy organlari orqali taklifnomalar berish zaruriyatini yo‘q qiladi”.
Kimlar rossiyalik qarindoshining iltimosiga binoan bunday vizani olishi mumkin:
- ota-onalari;
- eri (xotini);
- bolalari (shu jumladan voyaga yetganlar);
- to‘laqonli yoki to‘laqonli bo‘lmagan aka-uka va opa-singillari (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan);
- nevaralari;
- Rossiya fuqarolarining bobo va buvisi.
Bundan tashqari, TIV bunday vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha alohida ishlamoqda. Xususan, ushbu hujjatga asosan Rossiya hududida bir yil davomida hech qanday cheklovlarsiz qolishiga imkon berish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi