20:10 / 02.07.2020
4 968

Rossiya koronavirusni davolashga mo‘ljallangan dori sotuvini boshladi

Rossiya koronavirusni davolashga mo‘ljallangan dori sotuvini boshladi
Foto: Andrey Rudakov / RIA Novosti
Rossiya koronavirusni davolashga mo‘ljallangan «Avifavir» preparatini Belarusga eksport qilishni boshladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi va «XimRar» kompaniyalar guruhiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Xabar qilinishicha, dori vositasini Qozog‘istonga ham yetkazib berish rejalashtirilgan, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Preparat Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan may oyida ma’qullangandi. Ilgari ushbu dori vositasi Ebola bezgagini davolashda qo‘llanilgan. Qayd etilishicha, dori tabletka ko‘rinishida chiqarilgan bo‘lib, xorijdagi analoglariga nisbatan narxi arzon.

Avvalroq Amerikaning Gilead biofarmatsevtika kompaniyasi COVID-19ga qarshi vosita sifatida sinalayotgan remdesivir dorisining rivojlangan mamlakatlardagi narxini e’lon qilgandi. Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, uning bir ampulasi 390 dollar turadi.

Qayd etilishicha, COVID-19ga chalingan bemorlar olti dona ampuladan foydalangan holda 5 kunlik davolash kursini o‘tashi kerak bo‘ladi. Bu 2340 dollarga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya koronavirusni davolashga mo‘ljallangan dori sotuvini boshladi