Foto: Getty Images
Shimoliy Koreya xalqining va Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining hamjihatligi sharofati bilan koronavirus infeksiyasi mamlakat hududida tarqalmadi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen Inga tayanib, «RBK» xabar berdi.
2 iyul kuni Kim Chen In KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etib, hukmron partiyaning Markaziy qo‘mitasini uzoqni ko‘ra bilishi va butun xalqning ongli ravishda birdamligi Shimoliy Koreyada COVID-19’ning tarqalmasligiga sabab bo‘lganini ta’kidlagan.
Kim Chen In so‘nggi yarim yilda mamlakatda epidemiologik holat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, sog‘liqni saqlash sohasidagi jahon inqiroziga qaramay, Shimoliy Koreya virusning o‘z hududiga kirishini to‘liq to‘sib qo‘yganini ma’lum qildi.
Shimoliy Koreya hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan. Mart oyida esa Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo nashri o‘z manbasiga tayanib, KXDR koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilganini yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya pandemiya sabab fevral oyidayoq Rossiya bilan temir yo‘l qatnovlarini uzib qo‘ygan edi. AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo KXDRda koronavirus tarqalishi va ocharchilik boshlanishini prognoz qilgandi. May oyining o‘rtalarida koronavirus rasman aniqlanmagan KXDR epidemiyaga qarshi kurash uchun yordam qabul qilishni boshlagan, oradan ko‘p o‘tmay mamlakatda xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlar olib tashlanishi ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi