1 990
Pokistonda poyezdning ziyoratchilar avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi
Foto: EPA
Pokistonning Panjob provinsiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda PTI xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, salonida ziyoratchilar bo‘lgan avtobus Panjob provinsiyasida temir yo‘lning tartibga solinmaydigan qismidan o‘tayotgan vaqtda poyezd avtobusga kelib urilgan. To‘qnashuv 3 iyul, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da Lahor shahridan 60 kilometr uzoqlikda yuz bergan.
Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Mamlakatning infratuzilmalar vaziri Shayx Rashid esa aybdorlarni jazolash bo‘yicha buyruq bergan.
Eslatib o‘tamiz, Pakistan International Airlines’ga tegishli yo‘lovchi tashuvchi samolyotning Karachi yaqinida 22 may kuni halokatga uchrashi oqibatida 97 kishi halok bo‘lgandi. Keyinroq halokatga uchragan samolyot uchuvchilari parvoz vaqtida koronavirus muhokamasiga chalg‘igani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?