
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolash uchun samarali dorini izlash bo‘yicha sinovlar doirasida remdesivirni eng samarali dori deb topib, boshqa 3 ta dori: gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavirning sinovlarini to‘xtatdi. Bu haqda JSSTning bayonotida ma’lum qilingan.
JSST mutaxassislari 4 oylik sinovlar yakunlariga ko‘ra, sinalayotgan dori vositalaridan eng samaralisi remdesivir ekanini aytishgan.
"Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holatlarini kamaytirmasligini ko‘rsatdi. Shu sababli JSST Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qo‘mitasining ushbu dorilar sinovini to‘xtatish bo‘yicha tavsiyasini qabul qildi”, deyilgan bayonotda.
Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavir turli kombinatsiyalarda, jumladan interferon bilan birga, JSST mart oyidan beri olib borayotgan “Birdamlik sinovlari”da qo‘llangan. Sinovlarda 4,5 mingdan ko‘proq bemor ishtirok etgan.
“Birdamlik sinovlari” 18 martda dunyoda koronavirusni davolashning turli usullari bo‘yicha axborot almashish uchun yo‘lga qo‘yilgan. U turli dorilarning virusga qarshi sinashni va ular orasidan eng samaralisini aniqlashni ko‘zda tutadi. Hammasi bo‘lib dasturda 45 tadan ko‘proq davlat ishtirok etmoqda.
Manba: Kun.uz
Jahon Sog'liqni SaqlashKoronavirus DoriRemdesivir SamaraliSinovlar To'xtatildiGidroksixloroxin LopinavirXalqaro Boshqaruv Qo'mitasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar