08:46 / 06.07.2020
2 854

Hindiston koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi

Hindiston koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi
Hindiston Rossiyani ortda qoldirib, koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda kasallanganlar soni 697 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Bu borada 1-o‘rinni AQSH 2,982 mlndan ko‘proq kasallanganlar bilan egallamoqda. 2-o‘rinda Braziliya turibdi: Lotin Amerikasi davlatida 1,6 mlndan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan. 4-o‘ringa 681 mingdan ko‘proq kasallanish holati bilan Rossiya tushgan.

Kasallanish holatlari ko‘payayotganiga qaramay, Hindistonda iyun oxirida karantin rejimidan chiqishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi. Yangi qoidalarga ko‘ra, koronavirus tarqalishi hududlari deb e’lon qilingan joylarda karantin 31 iyulgacha davom etadi. Shu muddatgacha maktablar va universitetlar yopiq qoladi.

Mamlakatda karantinni yengillashtirishning 8 iyunda boshlangan birinchi bosqichida ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlarini ochishga ruxsat berilgan edi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi