Foto: «RF TQ»
Qariyb 10 yil davomida ayollarni «ovlagan» «Kashira manyagi» yoki «manyak-santexnik» sifatida tanilgan 53 yoshli Andrey Yejov Noginsk (Moskva viloyati) tergov izolyatorida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni «Moskovskiy Komsomoles» xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yejovning murdasi izolyator kamerasidan topilgan. Manyakning hisobiga ayollarga to‘qqizta hujum qilish qayd etib qo‘yilgan. Barcha qurbonlar zo‘rlangan, ulardan yetti nafari hayotdan ko‘z yumishgan. Faqat ikki nafar jabrdiyda qotilning qo‘lidan zo‘rg‘a qochib qutulishgan.
26 iyun kungi xabarga ko‘ra, Kashira manyagi zo‘rlash bilan bog‘liq ikkita qotillikni tan oldi. So‘roq paytida ayblanuvchi 2019 yilning sentabr va oktabr oylarida 1940 va 1950 yillarda tug‘ilgan ikkita ayolni o‘ldirganligini so‘zlab berdi. Jinoyatlar uning odatdagi rejasiga muvofiq amalga oshirilgan: Yejov birinchi qavatning derazasidan pinhona kirib, o‘ljasini bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin esa...
Ushbu ayblariga iqror bo‘lishidan oldin unga yettita qotillik va zo‘rlash ayblovlari qo‘yilib, shu tariqa uning hisobiga to‘qqizta qotillik yozilgandi. Ikki nafar ayol uning hamlasidan arang qutulib qolishgan.
Yejov 2010 — 2020 yillar davomida Kashira va Stupino shahar tumanlarida yirtqich hayvondek izg‘ib yurgan. Tergov talabiga binoan ayblanuvchi hibsga olingan. U «santexnik» bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi