Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muzokaralar o‘tkazmasligini aytar ekan, ikki o‘rtada vositachi ekanini aytayotgan Janubiy Koreya ikki Koreyaaro munosabatlarni buzayotganini ta’kidladi.
KXDR AQSH bilan muzokaralar davrasiga o‘tirish niyatida emas. Mamlakat TIVning AQSH departamenti rahbari Kvon Chon Gin shunday bayonot bergan. Uning nutqidan parchalarni Koreya Markaziy telegraf agentligi e’lon qildi.
Avvalroq, KXDR TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Soy Son Xi AQSH bilan sammit o‘tkazilishi haqidagi xabarlar sababli Pxenyan Amerika tomoni bilan muzokaralarga muhtoj emasligini aytgan edi.
“Ayrimlar KXDR TIV birinchi o‘rinbosarining bayonotini “AQSHni harakat qilishga undash” yoki qandaydir yonberishlarni talab qilish, deya talqin qilmoqda, - deyiladi Kvon Chon Gin bayonotida. – Yana bir marta bayonot beramiz: biz AQSH bilan bir davra atrofiga o‘tirish niyatimiz yo‘q”.
U, shuningdek, Janubiy Koreya kuchlariga qarata bayonot ham bergan. “Har doim KXDR va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik sa’y-harakatlari o‘zgarmasligi haqida baland ovozlar eshitiladi, aslida bu koreyalararo munosabatlarni buzib, ularni yanada yomon holatga keltiradi”, - degan Kvon Chon Gin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi