Foto: «Global Look Press»
Amerikalik aktyor, rejissyor va ssenariynavis Jan-Klod Van Damm «Instagram»dagi sahifasi orqali Habib Nurmagomedovga otasining o‘limi bilan bog‘liq ta’ziya bildirdi.
Van Dammning so‘zlariga ko‘ra, u Abdulmannop Nurmagomedov bilan shaxsan tanish bo‘lmagan, lekin unga qoyil qolgan. Murojaat matnida u, shuningdek, murabbiyning haqqiga duo qilishini aytib o‘tgan.
«Birodar, men sizni hayotda hech qachon uchratmaganman, lekin hamisha qoyil qolardim! Sizning haqqingizga duo qilaman. Alloh dargohida qabul qilgan bo‘lsin. Omiyn», — deya Van Dammning so‘zlarini keltirgan «360» telekanali.
3 iyul kuni murabbiy Abdulmannop Nurmagomedovning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Habib Nurmagomedovning otasi koronavirus asoratlari tufayli poytaxtdagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Qayg‘uli xabardan so‘ng sportchi 4 iyulga rejalashtirilgan matbuot anjumanini bekor qildi, deb yozgan «kp.ru» sayti.
Ko‘pgina siyosatchi va sportchilar Nurmagomedovlar oilasi o‘z ta’ziyalarini bildirishdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan murabbiyning o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilgan.
Murabbiy Dog‘istonda dafn etildi. Dafn marosimida qarindoshlari va yaqin do‘stlari qatnashdi. Unda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ham ishtirok etdi, deya ta’kidlaydi «Zvezda» telekanali. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi