Ispaniyada koronavirus pandemiyasi vaqtida sayohat qilish mumkin bo‘lgan «ultraxavfsiz» hudud paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Daily Mirror.
«Himoyaga» ega kurort Tarragona port shahrida paydo bo‘lgan. U yerda «Jannat» nomli maxsus kemping qurilgan bo‘lib, uning hududida niqoblarsiz yurish va ijtimoiy masofalanishga rioya qilmagan holda dam olish mumkin.
Buning uchun ushbu hududda dam olishni istagan turistlar 100 yevro evaziga koronavirusga test topshirishi lozim. Turistlar sport maydonchasi, basseyn, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga ega plyaj ko‘rinishidagi hududga joylashishlari mumkin.
Foto: Trillas Paradise
Foto: Trillas Paradise
Foto: Trillas Paradise
Foto: Trillas Paradise
Kempingdan 40 ta uy, 10 ta avtofurgon, shuningdek, avtouy va palatkalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, ulkan ochiq makon mavjud bo‘lib, mehmonlar bu yerda maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratilgan.
Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC) mutaxassislarining iyun oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda eng xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlari Turkiya, Bolgariya, Yamayka, Mavrikiy, Kanada, Portugaliya, Saudiya Arabistoni va Meksikada bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida