
Matbuot xizmatining xabar berishicha, Janubiy Osiyoda musson toshqini deyarli 4 million aholiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Unga ko‘ra, seshanba kuni Bangladeshning uchdan bir qismi so‘nggi o‘n yillikdagi kuchli yomg‘ir natijasida suv ostida qoldi.
Odatda musson toshqini iyun-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bu esa Hind sub-qit’asining iqtisodiyoti uchun juda zarur. Ammo ushbu musson toshqini orqali har yili o‘lim va vayronagarchiliklar yuzaga keladi.
Kuchli yomg‘ir Himolay daryosining 2 ta asosiy tizimidan, ya’ni Brahmaputra hamda Gang orqali oqib tushdi.
Mamlakatdagi yirik daryolar Hind aholisi va chorva mollari uchun juda katta xavf tug‘dirmoqda. Matbuot tomonidan xabar berilishicha, ko‘pgina qishloq aholisi toshqindan zarar ko‘rgan uylarida bo‘lishgan, ammo 15 mingga yaqin kishi jiddiy zarar ko‘rgan hududlardan qochib ketgan.
BangladeshMusson ToshqiniJanubiy OsiyoYomg‘ir NatijasiDaryolar XavfiIqtisodiyoti Zarur O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar