23:18 / 20.07.2020
2 971

AQSH: Merilend shtati yoshlari koronavirusining asosiy qurbonlariga aylanmoqda...

AQSH: Merilend shtati yoshlari koronavirusining asosiy qurbonlariga aylanmoqda...
COVID-19 yoshi katta bemorlarda juda katta xavf tug‘dirishi barchamizga bir necha bor ta’kidlanmoqda. Ushbu ma’lumotlarga tayanib, ko‘pgina davlatlar qariyalarni ko‘chaga kamroq chiqishga da’vat etib kelyapti. Shunga qaramay, AQSHning Merilend shtatida virusga chalinayotganlarning aksariyati bu 20-30 yosh oralig‘idagi yoshlar hisoblanmoqda.

Hukumat rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, bunga sabab restoran va barlar, dam olish maskanlarida aynan 30 yoshgacha bo‘lganlarning gavjum ekanligidir. Sababi, bu yoshdagi fuqarolar ishchi qatlamning asosini ham tashkil etadi. Hukumat choralarni qattiqlashtirishga urinayotgan bo‘lsada, qoidalarni qo‘pol ravishda buzayotganlar ham topilmoqda.

Merilend Sog‘liqni saqlash xodimlari endilikda yoshlar orasida kasallik avj olishidan xavotirda. Bu esa shtatdagi pandemiya davrida ishlayotgan ishchilarning asosiy qismiga zarar yetadi deganidir. Joriy haftaning payshanba kunida Merilendda 6 ta o‘lim qayd etilgan hamda kuniga 650-700 kishida yangi virus bilan zararlanish holatlari aniqlanmoqda. Agarda shu zaylda kasallikning ko‘payish holatlari kuzatilaversa, hukumat yana karantinni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH: Merilend shtati yoshlari koronavirusining asosiy qurbonlariga aylanmoqda...