22:45 / 28.07.2020
2 268

Yevropaga sayohat qiluvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi

Yevropaga sayohat qiluvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi
Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan yo‘lovchilar samolyot borti va aeroportlarda niqob taqishi shart bo‘ladi, deb xabar berdi Lonelyplanet.
Niqob yo‘q – parvoz yo‘q. Yevropa Ittifoqi mulozimlari shunday qarorga kelishdi.

Germaniya transport vaziri Andreas Shoyer so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoqning turli mamlakatlari vakillari yagona standartlar haqida kelishuvga erishishdi. Endi uni vazirlar ma’qullashi lozim.

«Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanmoqda. Shu tufayli, niqob taqish barcha yo‘lovchilar uchun majburiy bo‘ladi. Bu «nafas etiketi» deb nomlanadi», - dedi Shoyer.

Shuningdek, mulozimlar aviakompaniyalar samolyotlarni tez-tez dezinfeksiya qilib borishi va yo‘lovchilar o‘rtasidagi xavfsiz masofani ta’minlaydigan yo‘riqnomalarga amal qilishi lozimligi haqidagi fikrda ham yakdil bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaga sayohat qiluvchi yo‘lovchilarga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi