2 369
Xorij fuqarolari Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan kiritiladi
Rossiyaga keladigan xorij fuqarolari COVID-19ga chalinmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart. Bu borada Rossiya davlat bosh sanitar shifokorining tegishli qarori e’lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, bu qaror tranzit bilan o‘tayotgan xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham taalluqli bo‘lib, ma’lumotnoma rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, tekshiruv PZR uslubida, Rossiyaga kelishdan ko‘pi bilan uch kun avval o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1 avgustdan boshlab xalqaro aviareyslar qayta tiklanishini ma’lum qilgandi.
«Meduza»ning yozishicha, hozircha havo qatnovi bor-yo‘g‘i uch mamlakat - Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan kelishilgan. Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlariga muntazam reyslar esa 1 avgustdan boshlanadi, 10 avgustdan kurortlarga - Antaliya, Bodrum va Dalamanga parvoz qilish mumkin. Buyuk Britaniya bilan bog‘liq holatda parvozlar birinchi bosqichda Londonga boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi