10:49 / 02.08.2020
2 374

Koronavirusga chalinganlar soni 18 mln.dan oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni 18 mln.dan oshdi
Foto: «Yandex»
Bugun, ya’ni 2020 yil 2 avgust Toshkent vaqti bilan 9:30 holatiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri dunyoda COVID-19 ga chalinganlar soni 18 020 684 kishiga yetdi, deya xabar berdi «Worldometer».

Jahondagi muhim voqea-hodisalar bilan bog‘liq statistikani yuritishga ixtisoslashgan portalning ma’lumotlariga ko‘ra, 688 913 kishi virus qurboni bo‘lgan, 11,3 million bemor tuzalgan.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar birinchi o‘rinda qolmoqda. U yerda pandemiya boshlangandan beri 4 764 318 ta koronavirus holati qayd etilgan, 157 898 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ikkinchi o‘rinda Braziliya bormoqda: 2 708 876 kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, 93 616 nafari vafot etgan.
Hindistonda 1 751 919 ta bemor ro‘yxatga olingan, 37 403 kishi koronavirus kasalliklaridan vafot etgan.

Meksika o‘lim soni bo‘yicha Buyuk Britaniyadan o‘tib ketib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. 2 avgust holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 434 193 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 47 472 nafari vafot etgan.

Buyuk Britaniyada 303 952 kishi COVID-19 bilan kasallanib, 46 193 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga chalinganlar soni 18 mln.dan oshdi