
Foto: «Valtioneuvosto.fi»
Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin kelin ko‘ylagini kiydi, deya xabar berdi mamlakat hukumati sayti.
Siyosatchi futbolchi Markus Raykkonen bilan turmush qurdi. Ular 16 yildan beri bir-birini taniydi. Kelin-kuyovning ikki yarim yashar qizi bor. Hukumat rahbari qarorgohida bo‘lib o‘tgan to‘yga ikki yoshning qarindoshlari va do‘stlari taklif etildi.
Marin o‘tgan yil dekabrdan beri bosh vazir lavozimini egallab kelmoqda. U mamlakatda bu lavozimni egallagan uchinchi ayolga aylandi. Shuningdek, u nafaqat Finlyandiya, balki butun dunyo bo‘yicha eng yosh bosh vazir ham hisoblanadi. Uning mahkamasidagi 19 ta vazirdan 12 nafari — ayollar. Shuningdek, mamlakatdagi beshta katta partiyadan to‘rttasiga ayollar rahbarlik qilishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar