Foto: «MedicalXpress»
Koronavirus odam organizmiga tushgach, kuchli immunitet reaksiyasiga sabab bo‘ladi. U esa o‘z navbatida infeksiya tarqalishiga qarshi kurashishga xalaqit beradi. San-Fransisko universiteti olimlarining bu xulosasi «MedicalXpress» portalida chop etilgan.
Ekspertlarning aniqlashicha, organizm kasallikni yuqtirgandan bir necha daqiqa o‘tgach virusga qarshi kurashishga kirishadi. Aynan immunitetning tezkor va kuchli reaksiyasi tufayli kasallikning 11-kuni bemorlarda ko‘pincha og‘ir pnevmoniya kelib chiqadi. U o‘tkir respiratorli distress-sindrom deb ham ataladi.
Shuningdek, olimlar o‘z tadqiqotlari orqali koronavirus nafaqat odamning nafas olish tizimlari hujayralariga, balki boshqa a’zolarga ham kirishini aniqlashdi. U odam hujayrasining himoya to‘siqlarini bemalol yorib o‘tadigan oqsilli «tig‘lar» yordamida harakat qiladi. Shunga qaramay, nafas olish tizimi infeksiyaning organizmga kirishi uchun eng oson yo‘l hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?