2 629
«33 pahlavon» ishi: Lukashenko Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini Minskka chaqirmoqchi
Foto: Maxim Guchek / BelTA / AP
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “qo‘lga olingan jangarilar” bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun mamlakatga Rossiya va Ukraina bosh prokurorlarini chaqirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda "BelTA" xabar bermoqda.
"33 pahlavon bo‘yicha gap-so‘zlarni tugatish uchun bosh prokurorni chaqiraman. Kecha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bu mavzuda uzoq gaplashdik. Mening nuqtai nazarim aniq: bizda Belarus qonunlari bor, huquqbuzarlikni Belarus hududida sodir etishgan", - deya Lukashenkodan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Lukashenko uch mamlakat bosh prokurorlari yig‘ilib, Belarus qonunlari va xalqaro kelishuvlarni oldiga qo‘yishlari hamda tergov qo‘mitasi va DXQ hisobotini tinglab, muammoni yechishlari kerak deb hisoblaydi.
"Kelishmasa, muammoni ularsiz hal qilamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
29 iyulda "BelTA" Minskda "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasining 29 nafar jangchisi qo‘lga olinganini xabar qilgandi.
Belarus xavfsizlik kengashi va tergov qo‘mitasi ularning ayrimlari Donbassdagi harbiy harakatlarda qatnashganligini qayd etgan.
Moskva qo‘lga olinganlar xususiy qo‘riqlash kompaniyasi xodimlari ekakligini, ular Minsk orqali boshqa mamlakatga uchib ketmoqchi bo‘lganligini ta’kidladi.
4 avgust kuni Lukashenko xalq va parlamentga murojaatida ular boshqa mamlakatga uchib ketishni rejalashtirmaganliklarini tan olishgani, balki Belarusga buyruq kutish uchun yuborilganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni