11:05 / 07.08.2020
1 847

Tramp TikTok ilovasiga qarshi choralar haqidagi farmonni imzoladi

Tramp TikTok ilovasiga qarshi choralar haqidagi farmonni imzoladi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasiga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi va uning tarmoqlari bilan har qanday bitimni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Taqiq farmon e’lon qilinganidan 45 kun o‘tgach, ya’ni sentabr oyi oxirida kuchga kiradi.

«Qo‘shma Shtatlar o‘z milliy xavfsizligini himoya qilish maqsadida TikTok egalariga qarshi tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishi shart», - deyiladi Tramp farmonida.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, TikTok «foydalanuvchilarning turgan joyi, kirgan saytlari, shuningdek, internet orqali izlagan axboroti haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi». Bu esa «Xitoyga federal xizmatchilar va pudratchilarning turgan joyini kuzatib borish, shantaj maqsadida shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, shuningdek, sanoat josusligini amalga oshirish» imkonini berishi mumkin.

«Shuningdek, TikTok ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Kommunistik partiyasi sisyosiy ta’sirga ega deb hisoblaydigan kontentga nisbatan senzurani amalga oshiradi», - deyiladi farmonda.

«Bu mobil ilovadan Xitoy Kommunistik partiyasiga manfaatli bo‘lgan dezinformatsiya kampaniyasini o‘tkazishda ham foydalanish mumkin», - deb hisoblamoqda Vashington. Hujjatda, misol tariqasida, TikTok «yangi koronavirusning kelib chiqishi haqidagi fitna nazariyalarini fosh qilib tashlash» haqidagi ma’lumotlarni tarqatayotgani ko‘rsatilgan. «Bu xatarlar haqqoniy», - deb hisoblamoqda prezident.

3 avgust kuni Tramp Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasi 15 sentabrga qadar TikTok ilovasini sotib olishi shartligini, aks holda, ijtimoiy tarmoq AQSH hududida taqiqlanishini aytgan edi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Tramp ByteDance kompaniyasini TikTok ilovasining AQSH bo‘limidagi hissasidan voz kechishga majburlamoqchi. Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati ilova rahbariyatining targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgani va foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni Xitoy hukumatiga yetkazayotganidan xavotirga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp TikTok ilovasiga qarshi choralar haqidagi farmonni imzoladi