Foto: president.gov.by
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, barcha mamlakatlar koronavirus infeksiyasidan «ko‘tarilish, yuqorida bo‘lish va iloji bo‘lsa boshqalarni tushirib yuborish» uchun foydalanmoqda.
COVID-19 nafaqat kasallik, balki siyosiy va iqtisodiy urush hamdir. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytdi.
«Bu siyosiy va bugun ko‘rib turganimizdek, iqtisodiy qarama-qarshilik ham emas, balki urushdir», — deya undan iqtibos keltirdi Lukashenkoning matbuot xizmati.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, barcha mamlakatlar koronavirus infeksiyasidan «ko‘tarilish, yuqorida bo‘lish va iloji bo‘lsa boshqalarni tushirib yuborish» uchun foydalanmoqda.
Belarus prezidenti avval ham kasallik xavfi bo‘rttirib ko‘rsatilayotganini aytgan va mamlakatda karantin choralari joriy etishga qarshi chiqqandi.
Lukashenko iyul oxirida o‘zi ham koronavirus yuqtirib, tuzalganini aytgandi. Keyinroq esa unga koronavirusni ataylab yuqtirishganini taxmin qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi