
Foto: «Planetguide.ru»
Libertariya partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Jorgensenni ko‘rshapalak tishlab oldi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da ma’lum qilgan.
Ko‘rshapalak uni qanday vaziyatda tishlab olgani aytilmagan. Bu voqea saylovoldi kampaniyasining boshida yuz bergani ma’lum.

Siyosatchi saylovoldi namoyishini bekor qilishga majbur bo‘lgan. Chunki bu vaqtda quturishga qarshi vaksina olishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, Jorgensen uning ishtirokidagi boshqa tadbirlar rejalashtirilgan jadvalga muvofiq o‘tkazilishiga va’da bergan.
Jo JorgensenPrezidentlikka NomzodLibertariya PartiyasiKo‘rshapalak TishladiSaylovoldi KampaniyaVaksina Olish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar