14:56 / 09.08.2020
4 706

Mutaxassis pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi

Mutaxassis pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi
Butun pandemiya davomida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga qat’iy amal qilgan odamlar COVID-19 bilan kasallanish ehtimoli yuqori bo‘lgan xavfli guruhga tushib qolishadi. Bu haqda Paster nomli mikrobiologiya va epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Areg Totolyan ma’lum qildi.

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzning o‘rtalarida yuz berishi kutilyapti. Bu shaharlarda aholi zichligi ortishi bilan bog‘liq. Ta’tillar mavsumi tugab, hamma ishxona va o‘quv muassasalariga qaytishadi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, pandemiya davomida atrofdagilar bilan aloqada bo‘lmagan kishilarda koronavirus infeksiyasiga qarshi passiv immunitet hosil bo‘lmaydi. Shu bois ularda virusni yuqtirish xavfi ortadi, kasallik esa og‘irroq kechishi mumkin.

Areg Totolyan ikkinchi to‘lqin birinchisiga qaraganda ancha zaifroq bo‘lishiga ishonadi. Uning ta’kidlashicha, jamiyat jamoaviy immunitet hosil qilgandagina pandemiya tugaydi. Buning uchun ommaviy vaksinatsiya qildirish yoki aholining aksar qismi virusga chalinishini kutish kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)