Foto: «Minsknews.by»
Belarusda prezident saylovlarida ovoz berish yakuniga yetdi, deya xabar berdi «BЕLTA».
Barcha saylov uchastkalari yopildi, ovozlarni hisoblash boshlandi. Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi 18:00 holatiga ko‘ra 79% saylovchi ishtirok etganini, saylov o‘tkazilgan deb topilganini ma’lum qilgandi.
Davlat rahbarini saylashda 5767 ta ovoz berish uchastkasi tashkil etildi, ularning hammasi saylovchilarni qabul qilishga tayyor. Dunyoning 36 ta mamlakatida yana 44 ta saylov uchastkasi ochilgan. Saylovchilar mahalliy vaqt bilan 08:00 dan 20:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 22:00 gacha) o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berish imkoniga ega bo‘lishdi.
Markaziy saylov komissiyasi beshta nomzodni ro‘yxatga olgandi — Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechen.
Exit poll ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbari saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, u 79,7 foiz ovoz to‘plagan.
Saylov natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni 6,8 foizlik natija bilan Svetlana Tixanovskaya egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Тадқиқот: дунёда антисемитизм тўлқини кузатилмоқда
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi