07:00 / 10.08.2020
1 109

Turkiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi odamlarda sinaladi

Turkiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi odamlarda sinaladi
Foto: Anadolu
Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan turkiyalik tibbiyotchilar vaksinani odamlarda sinashga ruxsat olishdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Turkiya AQSH va Xitoy bilan birga koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqayotgan davlatlar yetakchi uchligiga kiradi. Bizning ikkita vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, ulardan birining odamlarda klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat olindi”, deb ma’lum qilgan Erdo‘g‘an.

Turkiyalik tibbiyotchilar ayni vaqtda koronavirusga qarshi 10 ta dori vositasi va 8 ta vaksina ishlab chiqish ustida ish olib borishmoqda.
29 iyulda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja Turkiya koronavirusga qarshi vaksina yaratish masalasi bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan yaqin aloqada ekanini ma’lum qilgan.

Oxirgi oylarda turli davlatlar olimlari koronavirusga qarshi ko‘plab vaksinalar ishlab chiqib, ularni sinovlardan o‘tkazishmoqda. Ba’zi olimlar an’anaviy yo‘ldan borib, “tirik” turdagi (kuchsizlangan virus) vaksinalar yaratish ustida ishlashmoqda. Boshqa tadqiqotchilar esa “o‘ldirilgan” vaksinalar ishlab chiqmoqda. Bunda gap sun’iy o‘stirilgan virusni o‘ldirish (misol uchun, formalin bilan) va uni organizmga kiritish texnologiyasi haqida boradi.

O‘ldirilgan virusdan tashqari, uning tozalangan antigenini qo‘llash mumkin. Antigen inson organizmiga tushib, uning immun javobini chaqiruvchi yot oqsil hisoblanadi. Shuningdek, RNK-vaksinalar mavjud bo‘lib, ularning negizida RNKning antigenni kodlovchi qismi yotadi. Bunday vaksina inson mushagiga kiritilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmda antigenlarni ishlab chiqaradi va kasallik qo‘zg‘atuvchisisiz immun javobni keltirib chiqaradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)