Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya yo‘qolib qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Anna Krasulinaga tayanib Euroradio Telegram-kanali xabar tarqatdi.
Krasulinaning so‘zlariga ko‘ra, Tixanovskayaning smartfoni ishlayapti, lekin u qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Birlashgan muxolifat shtabidagilar uning qayerdaligini bilishmayapti.
Avvalroq Tixanovskaya uch soatga yaqin vaqtini o‘tkazgan markaziy saylov komissiyasi binosini tark etgani xabar qilingandi.
«So‘ngra Svetlana chiqdi. U advokatiga qaror qabul qilganini aytgan va u bilan xayrlashgan. U orqa eshikdan chiqib ketgan. U qanday qaror haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan», — dedi Krasulina.
Belarusda 9 avgust kungi prezidentlik saylovidan norozi bo‘lgan namoyishchilar va kuch tuzilmalari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ekzitpolga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakchisi Tixanovskaya esa 10 foizdan kamroq ovoz to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi