Foto: Tengrinews
Qozog‘iston bosh sanitar vrachi Ayjan Yesmagambetova boshqa xorij davlatlarining fuqarolariga qanday holatlarda mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilmasligi haqidagi ma’lumotni aytib o‘tdi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada Qozog‘istonda uch xil toifa va mezon ishlab chiqilgan.
«Birinchi talabga ko‘ra, xorijlik fuqaro kelayotgan davlat hududidagi epidemiologik vaziyat Qozog‘istondan yaxshiroq bo‘lishi lozim. Bizda jamoat sog‘lig‘ini saqlash milliy markazi Qozog‘istondagi va xalqaro munosabatlar o‘rnatilgan dunyoda har bir mamlakatning epidemiologik vaziyat har kuni monitoring qilinadi. Bunda nafaqat kasallanish ko‘rsatkichi, balki boshqa ko‘plab mezonlarga e’tibor qilinadi va talablarga to‘liq javob bergan mamlakatlardan kelgan fuqarolarning Qozog‘istonga kirishiga hech narsa xalaqit qila olmaydi.
Ikkinchi mezon bo‘yicha Qozog‘iston bilan epidemiologik vaziyati solishtirilgan va tafovut u qadar katta bo‘lmagan mamlakat fuqarolarining «manfiy» javob chiqqan PZR-test ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi shart deb belgilangan. Ma’lumotnomaning muddati 5 kundan kechikmagan bo‘lishi lozim. Agar bunday ma’lumot bo‘lmasa, xorijlik haqidagi axborot maxsus mobil ilovaga yuklanadi va u Qozog‘istonda ikki kun ichida PZR-test topshirishi yoki 14 kun davomida karantinda bo‘lish majburiyatini oladi.
Uchinchi guruh davlatlarida epidemiologik vaziyat Qozog‘istondagidan ancha og‘ir. Ushbu davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar tiklanmagan. Hammasi xorijlik yoki Qozog‘iston fuqarosining qayerdan kelayotganiga bevosita bog‘liq», — degan Yesmagambetova.
Qozog‘istonda 17 avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi, shuningdek, mamlakat BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi