18:03 / 16.08.2020
3 220

Qozog‘iston hududiga kirishga kimlarga ruxsat berilmasligi haqida ma’lum qilindi

Qozog‘iston hududiga kirishga kimlarga ruxsat berilmasligi haqida ma’lum qilindi
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston bosh sanitar vrachi Ayjan Yesmagambetova boshqa xorij davlatlarining fuqarolariga qanday holatlarda mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilmasligi haqidagi ma’lumotni aytib o‘tdi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada Qozog‘istonda uch xil toifa va mezon ishlab chiqilgan.

«Birinchi talabga ko‘ra, xorijlik fuqaro kelayotgan davlat hududidagi epidemiologik vaziyat Qozog‘istondan yaxshiroq bo‘lishi lozim. Bizda jamoat sog‘lig‘ini saqlash milliy markazi Qozog‘istondagi va xalqaro munosabatlar o‘rnatilgan dunyoda har bir mamlakatning epidemiologik vaziyat har kuni monitoring qilinadi. Bunda nafaqat kasallanish ko‘rsatkichi, balki boshqa ko‘plab mezonlarga e’tibor qilinadi va talablarga to‘liq javob bergan mamlakatlardan kelgan fuqarolarning Qozog‘istonga kirishiga hech narsa xalaqit qila olmaydi.

Ikkinchi mezon bo‘yicha Qozog‘iston bilan epidemiologik vaziyati solishtirilgan va tafovut u qadar katta bo‘lmagan mamlakat fuqarolarining «manfiy» javob chiqqan PZR-test ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi shart deb belgilangan. Ma’lumotnomaning muddati 5 kundan kechikmagan bo‘lishi lozim. Agar bunday ma’lumot bo‘lmasa, xorijlik haqidagi axborot maxsus mobil ilovaga yuklanadi va u Qozog‘istonda ikki kun ichida PZR-test topshirishi yoki 14 kun davomida karantinda bo‘lish majburiyatini oladi.

Uchinchi guruh davlatlarida epidemiologik vaziyat Qozog‘istondagidan ancha og‘ir. Ushbu davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar tiklanmagan. Hammasi xorijlik yoki Qozog‘iston fuqarosining qayerdan kelayotganiga bevosita bog‘liq
», — degan Yesmagambetova.

Qozog‘istonda 17 avgustdan boshlab karantin cheklovlari yumshatiladi, shuningdek, mamlakat BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston hududiga kirishga kimlarga ruxsat berilmasligi haqida ma’lum qilindi