11:30 / 20.08.2020
2 540

Jeff Bezosning boyligi bir kunda 7 mlrd dollarga ko‘payib, rekord miqdorga yetdi

Jeff Bezosning boyligi bir kunda 7 mlrd dollarga ko‘payib, rekord miqdorga yetdi
Foto: Getty Images
Seshanba kungi birja savdolari yakuniga ko‘ra Amazon bosh direktori Jeff Bezosning boyligi 7,2 mlrd dollarga ko‘paydi. Bundan Forbes Real-TIme reytingi ma’lumotlari darak bermoqda.

Bezosning boyligi miqdori 3,79 foizga ko‘paydi va 197,8 mlrd dollarga yetdi.
Bu Forbes USA jurnali milliarderlarning boyligini hisoblashni boshlaganidan buyon o‘tgan 40 yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi oshishi evaziga o‘sdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 130,08 dollarga oshib, 3312,49 dollarni tashkil etdi. Amazon aksiyalarining 11,1 foizi Jeff Bezosga tegishli.

Uning boyligi yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo Bezos joriy yilda o‘z ulushining bir qismini kamida ikki marta sotdi. U fevralda 4 mlrd, avgust boshida 3,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi, 14 avgustda esa 9,3 mln dollarlik aksiyalarini noma’lum notijorat tashkilotiga berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeff Bezosning boyligi bir kunda 7 mlrd dollarga ko‘payib, rekord miqdorga yetdi