Koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi o‘z-o‘zicha pandemiyaning darhol to‘xtashiga olib kelmaydi. Bunday fikrni JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus bildirib o‘tdi.
“Vaksina hayotiy muhim vosita bo‘ladi va u bizda imkoni boricha tezroq paydo bo‘lishiga umid qilmoqdamiz”, deb aytgan Gebreyesus. Shu bilan birga, JSST rahbarining fikricha, bunday vaksina paydo bo‘lishiga “kafolat” yo‘q. “Agar vaksinani olsak ham, u o‘z-o‘zicha pandemiya yakunlanishiga olib kelmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST rahbari.
Uning ta’kidlashicha, tibbiyotga koronavirusning oqibatlari haqida hali hamma narsa ma’lum emas. “Biz bu kasallik haqida ko‘p narsa bilgan bo‘lsak ham, bizda bu borada 8 oydan kamroq tajriba bor. Biz kasallikning uzoq muddatli oqibatlari haqida hali oz narsaga egamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Gebreyesus.
JSST rahbari “barcha ushbu virusni mavjud vositalar bilan nazorat qilishi”, “kundalik turmushni yangi sharoitlarga aholining ushbu infeksiyadan himoyasi ta’minlanadigan qilib moslashtirish” kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Gebreyesusning aytishicha, o‘zini yakkalash ko‘p davlatlarga infeksiya tarqalishiga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatini berdi, biroq bu muammoning uzoq muddatli yechimi hisoblanmaydi.
Gebreyesus koronavirus pandemiyasi ikki yildan kamroq ichida tugatilishiga umid qilishini aytgan.
“Bizning vaziyatda katta miqdorda texnologiyalar bor. Ko‘p aloqalar bo‘lganda virus tez tarqaladi, biroq bizda uni to‘xtatish uchun texnologiyalar mavjud. Bizda globallashuv va katta ko‘lamli o‘zaro aloqa ko‘rinishida kamchilik bor bo‘lsa, texnologiyalar ko‘rinishida ustunlik bor. Shu sababli biz ushbu pandemiyani ikki yildan kamroq vaqt ichida tugatishga umid qilmoqdamiz”, deb aytgan koronavirus infeksiyasi va 1918 yildagi “ispan grippi”ni taqqoslab JSST rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi