
Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 mamlakat qo‘shilgan.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi va ayni paytda portfelda to‘qqizta preparat mavjud.
Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Gebreyesusning eslatishicha, hamkorlikka kirish so‘rovi bilan xatlar o‘tgan haftada barcha mamlakatlarga yuborilgan.
Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirus vaksinasi mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlanishi kerakligini aytib, bu masalada millatchilikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar