2 107
Lukashenko: «Maktablarda davlat mafkurasini qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar bo‘lmasligi kerak»
Foto: «Belta»
Aleksandr Lukashenko Belarus «davlat mafkurasini» qo‘llab-quvvatlamaydigan o‘qituvchilar maktablarda ishlamasligi kerak, degan fikrda. Bu haqda «Belta» xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Belarusda davlat maktablari, davlat ta’limi va davlat mafkurasi mavjud. «Ushbu tamoyillarga amal qilishni istaganlar, marhamat, boring, dars bering, ishlang. Xohlamaganlar esa maktabda bo‘lmasliklari kerak. Buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq va haqqoniy aytish kerak», — degan Lukashenko.
Xabarda aytilishicha, avgust oyida Belarus ta’lim vazirligi o‘qituvchilarga tahdidlar bo‘layotgani va ularga bosim o‘tkazishga urinishlar haqida bir necha bor xabar qilgan (aynan nima sababdan ekanligiga aniqlik kiritilmagan).
Vazirlikning Telegram kanalida o‘qituvchilarga qilingan tazyiqning namunasi sifatida «Shkvarka News» kanalidan post ulashilgan bo‘lib, unda o‘qituvchilarga murojaat qilingan. Murojaat matni Minskdagi maktablardan birida osib qo‘yilgan. Unda o‘qituvchilar xususan, Belarusning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan «hamkasblarini zaharlamaslik»ka chaqirilgan.
Bundan tashqari, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram’da «o‘qituvchilarga qarshi qaratilgan hududiy chatlar» ochilgan. Mansabdorlarning fikricha, ushbu chatlarda «norozilik harakati faollari o‘tiribdi», bunday chatlardan maqsad esa yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni buzishdir.
Vazirlik «ta’lim muassasalarini siyosiy janglar maydonchasiga aylantirmaslikka» chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”