
Foto: «Centralasia.news»
Rossiyalik olimlar bir paytning o‘zida gripp va koronavirusdan himoyalovchi vaksina yaratish ustida izlanishmoqda. «RIA Novosti» bu haqda Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bosh direktori Yevgeniy Shlyaxtoga asoslanib xabar berdi.
Shlyaxtoga ko‘ra, loyiha ustida bir nechta guruh ish olib boryapti.
«Bu jamlanma vaksina bo‘ladi. U ham gripp, ham koronavirusdan himoyalovchi komponentlarni o‘z ichiga oladi», — dedi Shlyaxto.
Dori hozircha boshlang‘ich bosqichda, hali hayvonlarda sinalishi, bir qator klinik sinovlardan o‘tishi shart. Biroq muayyan ijobiy natijalar hozirdan ko‘zga tashlanmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar