11:25 / 28.08.2020
4 909

Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizi o‘zini yaxshi his qilmoqda.
"Unda antinachalar bor va o‘zini yaxshi his qilmoqda", degan Putin «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida.

11 avgust N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan "Sputnik V" deya nomlangan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. O‘shanda Rossiya rahbari "Sputnik V" deya nomlangan koronavirusga qarshi vaksinaning ishonchliligini ta’kidlab, u bilan hatto qizlaridan biri ham emlangani haqida aytib o‘tgan edi.

Shuningdek, Putin Rossiya vaksinasi zararsizligini va uning barqaror immunitet hosil qilishini yana bir bor qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiya korxonalarining yil oxiriga qadar oyiga 1,5-2 million dozada vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi