2 691
Fokuschi Devid Bleyn to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda geliy sharlari bilan 5 kilometrdan yuqoriga parvoz qilmoqda (video)
Kadr: YouTube
Devid Bleyn ismli illyuzionist «Yangilanish» nomli yangi tryukni bajarishga kirishib, geliy sharlar yordamida parvoz qildi. Translyatsiya fokuschining YouTube’dagi kanali orqali amalga oshirildi.
Dastlab Bleyn Nyu-York va Nyu-Jersini ajratib turuvchi Gudzon daryosi ustidan uchib o‘tishga qaror qilgan. Biroq noqulay ob-havo sharoiti sababli parvozni o‘zgartishga to‘g‘ri kelgan. Endilikda illyuzionist Arizonada 5,5 kilometr balandlikka erishish niyatida.
TJournal’ning yozishicha, translyatsiya Bleyn va uning qizi Dessining uchish maydonchasida paydo bo‘lishi bilan boshlangan. Shoumenning so‘zlariga ko‘ra, u qizi dunyoga kelgach, keng ko‘lamli va xavfli tryuklarni tashkillashtirishni to‘xtatgan, biroq endi «Yangilanish» o‘zini ilhomlantirishiga umid qilmoqda. Bleyn parvozni parashyutsiz amalga oshirgan bo‘lib, undan faqatgina 3 ming metr balandlikda foydalangan.
Fokuschi tryukni bajarish uchun kurslarga qatnagan, professional parashyutchi nomiga (buning uchun kamida 500 marta sakrashni amalga oshirish kerak) va kerakli litsenziyaga ega bo‘lgan.
Mazkur loyiha Bleynning 2012 yildan buyon birinchi bor amalga oshirgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi hisoblanadi. O‘shanda u olti metr balandlikdan o‘tgan million voltli kuchlanish ustidagi kolonnada 72 soat turgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi