23:55 / 04.09.2020
3 742

Tramp: «Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi»

Tramp: «Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi»
Foto: The New York Times
AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan til topishishni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda u Pensilvaniyadagi chiqishlar vaqtida ma’lum qilgan, deb yozadi The New York Times.

«Ular doim ‘Tramp o‘zida emas, u juda ham radikal, bizni urushga olib boradi’ deyishadi. Men sizlarni urushdan uzoqroq tutdim. Shimoliy Koreyada nima bo‘ldi? Kim Chen In bilan kelishib oldim. Ular buning juda yomonligini aytdi. Axir bu yaxshi-ku. Rossiya bilan til topishsam, bu yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, bu yaxshi», — deydi Tramp.

Tramp doimo Rossiya haqida gapiradigan AQSH Demokratlar partiyasi vakillarini tanqid qilgan. «Bu manyaklar doim Rossiya haqida gapiradi. Hech qachon Xitoy haqida og‘iz ochmaydi. Faqat Rossiya. Eshitishimcha, ular yana boshlabdi… Haqiqiy manyaklar», — deydi Amerika prezidenti.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u televizordagi yangiliklarda «Rossiya» so‘zini eshitishi bilan o‘chirib tashlaydi.
3 sentabr kuni AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Rossiya AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida amerikaliklarning pochta orqali ovoz berishga bo‘lgan ishonchini yo‘qqa chiqarishga urinishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi»