Foto: Getty Images
Islandiyalik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazgan odam organizmida virusga qarshi antitanalar qancha vaqt qolishini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tajribada Islandiyaning 30 mingdan ko‘proq fuqarosi qatnashgan.
Natijada koronavirusga qarshi antitanalar organizmda kamida 4 oy davomida bir me’yorda qolishi aniqlangan. Bu esa virusni boshdan o‘tkazgan odam tez orada unga yana qayta chalinishi mumkinligi haqidagi taxminni inkor etadi.
Aniqlanishicha, antitanalar miqdori kasallikka chalingandan taxminan 2 oy ichida oshib boradi, so‘ngra yana 4 oy davomida barqaror darajada qoladi.
Ta’kidlanishicha, koronavirusni boshdan o‘tkazgan keksa yoshlilarda antinalar miqdori yuqoriroq bo‘ladi. Tadqiqotda ishtirok etganlardan uchdan bir qismida infeksiyaning hech qanday alomati kuzatilmagan. Biroq, qoidaga ko‘ra, bunday odamlarda antitanalar miqdori past darajada bo‘lishi mumkin.
Olimlar organizmdagi antitanalar miqdori qayta kasallanishning oldini olish uchun yetarli bo‘lishi-bo‘lmasligini ma’lum qilishmagan. Ammo tibbiy statistikaning ko‘rsatishicha, qayta kasallanish holatlari soni juda ozni tashkil qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga tahlil olishda qondagi antitanalar miqdorini o‘lchash burun yoki halqumdan surtma olishdan samaraliroq hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)