19:57 / 08.09.2020
2 573

Amerikalik 11 yashar bola Mercedes-Benz haydab buvisining hayotini saqlab qoldi

Amerikalik 11 yashar bola Mercedes-Benz haydab buvisining hayotini saqlab qoldi
Foto: New York Post
Amerikaning Indiana shtatida yashovchi 11 yashar bola, Mercedes-Benz mashinasini boshqargan va buvisining hayoti saqlab qolinishiga sabab bo‘lgan, deb yozadi New York Post.

Ta’kidlanishicha, Pi Jey Byuser-Ley va uning buvisi Anjela uydan 2,5 km uzoqlikda sayr qilayotgan bo‘lgan. Bolalar uchun mo‘ljallangan elektromobil boshqarayotgan vaqtida nabira, buvisining sog‘ligi yomonlashganini payqagan. Shundan keyin ayolni shifoxonaga olib borish uchun garajga borib buvisining Mercedes-Benz mashinasini olib kelgan.

Sekin-asta o‘zi tomon harakatlanib kelayotgan mashinasini ko‘rgan Anjela, uni nabirasi Pi Jey boshqarayotganiga guvoh bo‘lgan. «Uning yoshi atigi 11 da edi, lekin u mashinani professionallar singari boshqardi», degan ayol.

Bolakay buvisini mashinada uyigacha olib borgan va unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Anjelaning qo‘shimcha qilishicha, mashinani boshqarish davomida Pi Jey yo‘ldan chetga, o‘t ustiga chiqib ketmagan. U mashinani garajga qo‘yib, buvisini tushishiga yordamlashgan.

Ayolning aytishicha, nabirasiga mashina haydashni uning turmush o‘rtog‘i o‘rgatgan, lekin Pi Jey hali biron marta ham mustaqil haydab ko‘rmagan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik 11 yashar bola Mercedes-Benz haydab buvisining hayotini saqlab qoldi