11:33 / 09.09.2020
2 331

Ilon Mask bir kun ichida 16,5 milliard dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bir kun ichida 16,5 milliard dollar yo‘qotdi
Foto: Steve Nesius / Reuters
Tesla kompaniyasi bosh direktori va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask bir kun ichida 16,5 mlrd dollar yo‘qotdi va milliarderlar ro‘yxatida 8-o‘ringa tushib ketdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlari darak bermoqda.

8 sentabrda Tesla aksiyalari narxi keskin tushib ketdi. Aksiyalar 19,68 foizgacha qadrsizlanib ketgan va bir donasi narxi 336 dollargacha tushib ketgan. Bu kompaniyaning S&P 500 indeksiga kiritilmagani ortida yuz bergan. S&P Dow Jones Indices qo‘mitasi Tesla aksiyalarini hech qanday tushuntirishsiz indeksga qo‘shishdan bosh tortgan. Bunday qaror kompaniya indeksga tushish uchun barcha mezonlarni bajarganiga qaramay qabul qilingan.

Bundan tashqari, vaziyatga General Motors kompaniyasi Tesla’ning raqobatchisi – elektr yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nikola startapining ustav kapitalida 2 mlrd dollar sotib olganini e’lon qilgani ta’sir ko‘rsatgan. Buning natijasda startap aksiyalari 34 foizga, General Motors’niki 8 foizga qimmatlagan.

Mask 4 sentabrda milliarderlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallayotgan edi. U yetakchi beshtalikda bir oydan ko‘proq vaqt qolgan. Endi Maskni Mukesh Ambani, Uorren Baffet, Mark Sukerberg, Bernar Arno, Bill Geyts va Jeff Bezos ortda qoldirmoqda. Ambanidan tashqari, 8 sentabrda sanab o‘tilgan biznesmenlardan barchasining kapitali qisqargan.

AQSH fond bozori qulashda davom etmoqda. Bunda ayniqsa texnologik kompaniyalar aksiyalari o‘z qiymatini eng ko‘p yo‘qotmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask bir kun ichida 16,5 milliard dollar yo‘qotdi