Foto: Reuters
Vashington Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklarning vizalarini bekor qildi. Shu sababli AQSHni mingdan ko‘proq xitoylik, asosan talabalar va olimlar tark etadi.
AQSH davlat departamentida ta’kidlanishicha, AQSH “Xitoy kommunistik partiyasining harbiy ustunligini o‘rnatish g‘oyalarini ilgari surmaydigan” xitoyliklar uchun ochiq.
May oyida AQSH prezidenti Donald Tramp xitoylik aspirantlar va olimlarga AQSHga kirishni cheklagandi. Vashingtonning fikricha, ular AQSHga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlagani keladilar va bu AQSH milliy manfaatlariga xavf soladi.
Xitoy ta’lim vazirligi AQSH hukumatining bunday xatti-harakatlariga qat’iyan qarshi ekanini bildirgan. Pekin Vashingtonni “teran fikrlashga, jamoatchilik fikrini hurmat qilishga hamda Xitoy va Amerika xalqlari o‘rtasida o‘zaro almashinuv va hamfikrlikni rivojlantirish uchun ko‘proq ish qilishga” chaqirgan.
“Biz Xitoy va AQSH o‘rtasidagi talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaymiz va turli davlatlar, jumladan AQSHdan Xitoyga o‘qishga kelishni istovchilarni qutlaymiz”, deyilgan Xitoy ta’lim vazirligida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi