Foto: «Daily Sabah»
Turkiyaning Van viloyatida arxeologlar qazuv ishlari paytida aslzodalarga mansub ayolning qabrini topishdi. U podsho oilasiga mansub bo‘lishi mumkin. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga murdaning yonidan topilgan ko‘plab qimmatbaho taqinchoqlar sabab bo‘lgan, deb yozadi «Daily Sabah».
Mutaxassislar qazilmalarni g‘oyib bo‘lgan Urartu davlati bilan bog‘lashmoqda. Qadimgi saltanat Osiyoning janubi-g‘arbiy yerlarida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi II ming yillikdan milodiy 590 yilgacha mavjud bo‘lgan. O‘zining gullab-yashnagan davrida Urartu ulkan hududni nazorat qilgan. Faqat VII asrda qudratli g‘animlar (ular orasida skiflar va kimmeriylar ham bo‘lgan) hujumiga dosh berolmagan.
Ayol 20-25 yoshlarida hayotdan ko‘z yumgan. Ikkala bilagiga ham bilaguzuk, quloqlariga sirg‘a taqilgan. Chap qo‘lining barmog‘ida esa bronzadan yasalgan kattakon uzuk saqlanib qolgan. Bundan tashqari, mutaxassislar qimmatbaho toshlar qadalgan marjon va to‘g‘nog‘ichni topishgan.
Olimlarni, ayniqsa, uzuk qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, u marhumaning turmushga chiqqanligini anglatar. Agar faraz o‘z tasdig‘ini topsa, bu nikohning eng qadimgi arxeologik dalillaridan biriga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?