22:25 / 23.09.2020
2 519

Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi
Foto: «Massa.az»
Saudiya Arabistonida yashaydiganlarga oktabrdan umra ziyoratiga ruxsat berildi, deya xabar berdi qirollik IIV. Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

4 oktabrda boshlanadigan birinchi bosqichda odatdagi ziyoratchilarning uchdan bir qismi, ya’ni mamlakatning 6 ming aholisi umra amallarini bajarishi mumkin.

18 oktabrga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda ziyoratchilar soni 75%gacha oshiriladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil aprel oyidan boshlab umra safari taqiqlab qo‘yilgandi.

Saudiya Arabistoni may oyining oxiridan karantin cheklovlarini sekin-asta yumshata boshladi, mamlakat ichidagi harakat cheklovlarini bekor qildi, masjidlar ochildi, odamlarning o‘z ish joylariga qaytishiga ruxsat berildi.

Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 331 359 ta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 4 569 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni oktabrdan umra safariga ruxsat berdi