2 642
Ukrainalik yigit sevgisini rad etgan qizning 11-qavatdagi uyiga gaz trubasiga tirmashib ko‘tarildi
Foto: «Korrespondent.net»
23 sentabr kuni Ukrainaning Dnepr shahrida yashovchi erkak ko‘p qavatli uyning 11-qavatiga gaz trubasi orqali chiqdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 yashar erkak uyning 16-qavatida yashaydigan qizning yoniga chiqishni istagan. Ammo qiz uni ko‘rishni istamagan va uy qo‘riqchisidan uni kiritmaslikni so‘ragan. Kirishga bo‘lgan urinishlari besamar ketgan erkak devor ustidan o‘tkazilgan gaz trubasiga tirmashib chiqishga qaror qilgan.
Foto: «Korrespondent.net»
Truba bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan odamni ko‘rgan qo‘shnilar maxsus xizmatlarga xabar bergan. Politsiya xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgunicha erkak 11 qavatga ko‘tarilishga ulgurgan.
Foto: «Korrespondent.net»
Foto: «Korrespondent.net»
Keyin u mustaqil ravishda pastga tushgan. Fuqaroning kurtkasi 6 va 7-qavatlar orasida osilib qolganini aytmaganda, o‘zi sog‘ va jarohatlanmagan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!