16:50 / 29.09.2020
3 426

Rasmiy Yerevan Ozarbayjon Armanistondagi harbiy qismga zarba berganini ma’lum qildi

Rasmiy Yerevan Ozarbayjon Armanistondagi harbiy qismga zarba berganini ma’lum qildi
Foto: Yerevan News
Ozarbayjon qurolli kuchlari Armaniston sharqidagi Vardenis shahri yaqinidagi harbiy qismga zarba berdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanga tayanib, Meduza xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan oldin Ozarbayjon harbiylarida Armaniston hududidan o‘q otilishi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lgan.
«Darhaqiqat, dushman o‘z harakatlarini oqlash uchun zamin tayyorlamoqchi bo‘lgan», – deb yozadi Stepanyan Facebook’dagi sahifasida.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroning kuchayishi fonida Ozarbayjon harbiy harakatlar geografiyasini kengaytirishga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Armanistonga qarshi tajovuzni amalga oshirishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, Tog‘li Qorabog‘da davom etayotgan janglarda armiya 30 dan ortiq arman tankini, shuningdek, Armaniston qurolli kuchlarining uchinchi «Martuni» motorli o‘qotar polkini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy ziddiyat keskinlashdi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e’lon qilindi.

Mojaro fonida Ozarbayjon hukumati mamlakatdagi ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni blokladi. Armaniston hukumati 28 sentabr kuni 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning mamlakatdan tashqariga chiqishiga taqiq qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rasmiy Yerevan Ozarbayjon Armanistondagi harbiy qismga zarba berganini ma’lum qildi