Dunyoning 60dan ortiq mamlakati va hukumati rahbarlari Nyu-Yorkda "Tabiatga va’da" deb nomlangan bayonotni imzolashdi. Ushbu hujjat bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
"Ushbu va’dani bajarish bilan biz sayyorani inqirozdan olib chiqishda so‘zdan amaliy ishga o‘tish majburiyatini va birgalikdagi mas’uliyatni zimmamizga olamiz", - deyiladi bayonotda.
Hujjatda jumladan, brakonerlikka chek qo‘yish va 2050 yilga kelib dunyo okeaniga plastik chiqindilar tushishiga barham berish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
"Bioxilma-xillik bizning sug‘urtamiz hisoblanadi, u bizga toza havo va suv, ovqat, biomateriallar va kiyim beradi. U ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi va yashashimizni ta’minlaydi", - dedi Gremaniya atrof-muhitni himoya qilish va yadroviy xavfsizlik vaziri Svenya Shulse.
Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan 50 yil ichida hayvonot olamining uchdan ikki qismi vakili insoniyat tomonidan yo‘q qilingan. Hisobotda aytilishicha, 1970 yildan buyon umurtqalilar soni 68 foizga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi