09:00 / 02.10.2020
3 782

“Shariman?”: Putin Qirg‘iziston prezidentini boshqa ism bilan atadi (video)

“Shariman?”: Putin Qirg‘iziston prezidentini boshqa ism bilan atadi (video)
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekovni boshqa ism bilan atadi. Bu taajjub holat ikki davlat yetakchilarining Sochidagi uchrashuvida yuz bergan.

Putin Jeenbekov bilan 28 sentabrda Sochida uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Rossiya prezidenti qirg‘izistonlik hamkasbini qarshilar ekan, uni “Shariman Sharipovich” deb atagan. Ushbu holat prezidentlarning jurnalistlar oldidagi uchrashuvi vaqtida videoga muhrlangan. Biroq davlat ommaviy axborot vositalarida uchrashuvning shu joyi kesib tashlangan: OAVdagi videolarda Putinning qutlov so‘zlari olib tashlanib, uchrashuvning yoritilishi ikki prezidentning qo‘l siqishishi va Jeenbekovning minnatdorlik so‘zlari bilan boshlanib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Shariman?”: Putin Qirg‘iziston prezidentini boshqa ism bilan atadi (video)