Joriy yilning 4 oktabridan boshlab Makkadagi Al-Harom masjidi qariyb olti oydan ortiq vaqtdan so‘ng birinchi ziyoratchilarga o‘z eshigini ochdi.
Saudiya Arabistonida bir necha oydan beri koronavirus tufayli amalda bo‘lgan cheklovlarni yengillashtirilib, mahalliy aholiga Umra ziyorati uchun ruxsat berildi, deb yozadi Arabnews.
Hozirda masjidga bir kunda faqatgina mahalliy aholi va mamlakat fuqarolaridan iborat 6000ga yaqin ziyoratchi kirishiga ruxsat berilgan. Xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarga esa 1 noyabrdan boshlab Umra ziyorati uchun chegaralar ochilishi kutilmoqda.
Masjid rahbariyati dastlabki ziyoratchilarni qabul qilish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rib, koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar ko‘rgan. Masjidda har bir guruh ziyorati oralig‘ida kuniga 10 marta tozalash ishlari amalga oshiriladi. Odam gavjum bo‘lishi mumkin yerlar, jumladan, favvoralar, gilamlar, yuvinish xonalari, eskalatorlarga tozalovchi hamda antiseptik vositalar o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi